17 Iyul 2024 yil 2625

Xavfsiz oila – farovon turmush garovi

Samarqand viloyati hokimligi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida "Xavfsiz oila" maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur profilaktik tadbirlar doirasida hamkor tashkilotlar vakillari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, QVP shifokorlari va hudud otinoyilari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Shu yerda viloyatdan kelgan ishchi guruh a’zolari va Bulung‘ur tuman mas’ullari hududlarga taqsimot qilinib, mahallalarga o‘rganishga chiqildi.

“Oila – turmush” munosabatlari doirasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan mazkur tadbirlar Bulung‘ur tumanida 2 kun davom etishi ko‘zda tutilgan.

Text to speech