13 Avgust 2024 yil 782

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi rahbar va xodimlari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi rahbar va xodimlari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unga xodimlarning ota-onalari ham taklif etildi.

Yig‘ilishda so‘z olgan viloyat IIB rahbariyati xizmat jarayonlarida xodimlarning o‘z ishiga munosabati, ayniqsa yosh xodimlarning xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etishi hamda xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligiga to‘xtalib o‘tdi.

Yurtimizga tashrif buyurayotgan turistlar oqimining ko‘payishi, ularning xavfsizligini ta’minlash, mahalliy va xorijiy sayyohlar bilan bog‘liq har qanday noxush holatlarning oldini olish borasida ham kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.

Xizmat vazifasini sidqidildan bajaradigan, halol va jasur, o‘z qasamyodiga sodiq ichki ishlar xodimlari va ularning ota-onalariga minnatdorchilik bildirilib, boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech