16 Mart 2024 yil 275

Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi sayyohlarga ko‘makchi

Samarqandga sayyohatga kelgan ko‘plab mehmonlar o‘zlarining shaxsiy buyumlarini ovqatlanish maskanlari, taksi yoki boshqa joylarda unutib qoldirishadi.

Bunday hollarda ularga Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari yaqindan ko‘makchi bo‘lmoqda.

O‘tgan 2023-yilda boshqarma xodimlarining samarali xizmatlari natijasida tashrif buyurgan sayyohlar bilan bog‘liq birorta baxtsiz hodisa qayd etilmagan.

Bundan tashqari, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida boshqarma xodimlariga turli masalalarda yordam so‘rab 4425 nafar mahalliy sayyohlar murojaat qilgan.

Shundan, 13 tasi tibbiy yordam ko‘rsatish, 4361 tasi manzilda adashgan va yo‘nalish ko‘rsatish, 51 tasi turistlarga xizmat ko‘rsatishga doir boshqa masalalarda murojaat qilgan va ularning barchasiga zarur yordam ko‘rsatilgan. 

Hozirgi kunda tizim xodimlari sayyohlarini har qanday murojatlarini to‘siqlarsiz hal qilish, ularga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash borasida zaruriy chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Text to speech