“Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda
“Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jamoat xavfsizligini taʼminlashdagi tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish maqsadida, qoʻshma qarorga asosan joriy yilning 3-avgustidan 5-sentabr kunigacha Bulungur tumani miqyosida ham keng qamrovli “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbiri oʻtkazilmoqda.
Tuman IIB, tegishli idora va tashkilotlar masʼullari ishtirokida videoselektor yigʻilishi tashkil qilinib, mazkur oylik va unda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokama qilindi hamda tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Tadbir davomida bozorlarda, axoli gavjum joylarda, fuqarolarning xonadonlarida, korxona va tashkilotlarda jinoyat qurboniga va sub’ektika aylanib qolmaslik yuzasidan targ‘ibot va profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.