7 Avgust 2025 yil 1484

“Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlarini jadallashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazildi

Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Samarqandda ham “Xavfsiz va sog‘lom yurt" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining 2-bosqichi o‘tkazilmoqda.

Viloyat hududida xavfsiz muhitni yaratish, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va viloyatdagi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ishtirokida tungi xizmatoldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi. 

Unda viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng barcha kuch va vositalar guruhlarga bo‘lingan holda tungi xizmatni o‘tash uchun belgilangan manzillar tomon jo‘nab ketishdi.

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining 2-bosqichi yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda.


Text to speech