16 Iyul 2025 yil
344
“Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Samarqand tumanida tungi xizmat yo‘riqnomasi o‘tkazilib, bir qancha jinoyat va huquqbuzarliklarga chek qo‘yildi
Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Samarqandda ham “Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlarining 2-bosqichi o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida Samarqand tumanida tungi xizmat yo‘riqnomasi o‘tkazilib, bir qancha jinoyat va huquqbuzaarliklarga chek qo‘yildi.
Xususan, xonadonida giyohvandlik o‘simliklarini parvrishlab kelayotgan shaxs aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Bundan tashqari kuchaytirilgan reyd tadbirlari davomida qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etgan shaxslarga choralar ko‘rildi.
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.