22 Aprel 2025 yil 149

“Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari davomida Ishtixon tumani IIB xodimlari tomonidan 2 nafar shaxs yashash xonadonida noqonuniy qurol saqlab kelayotgan aniqlandi

Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Ishtixon tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar davomida tumanning Qoraqo‘yli mahallasida yashovchi 30 yoshli fuqaro yashash xonadonida 1957-yilda ishlab chiqarilgan ov qurolini noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, tumanning “J.Maxmudov” mahallasida yashovchi 28 yoshli shaxs ham o‘q otar qurolni noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, mazkur qurollar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Hozirda holat yuzasidan yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Text to speech