26 Aprel 2025 yil 340

“Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Samarqand shahriga tashrif buyurayotgan sayyohlar xavfsizligini ta’minlash masalasi hududdagi mehmonxonalar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 03-yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash hamda “Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari davomida tashkillashtirish va ta’minlash maqsadida, Samarqand viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlaridan iborat guruhlar tashkil qilinib, Samarqand shahridagi joylashtirish muassasalaridagi (mehmonxona, xostel, oilaviy mexmon uyi) mavjud kuzatuv kameralarini Samarqand viloyati IIBda joylashgan “Situatsion markazi”ga integratsiya qilinganlik holati o‘rganilib, aniqlangan holatlar muassasa rahbarlari ishtirokida sarhisob qilindi.

Bundan tashqari, joriy yilning o‘tgan davri davomida xorijiy fuqaro va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi IIVning “E-mehmon” dasturiga kiritmay, Respublikada bo‘lish qoidalariga rioya etmay yashashlariga sharoit yaratib bergan bir qator mehmonxonalar aniqlanib, ularga tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilganligi ta’kidlab o‘tildi.


Text to speech