9 Avgust 2024 yil
1517
Xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov huzurida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman IIB boshliqlari va shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Yig‘ilish avvalida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan polkovnik G‘afforov Komiljon Isroilovich shaxsiy tarkibga tanishtirildi.
Shundan so‘ng, xodimlar o‘rtasidagi xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish masalalari muhokama etildi.