17 May 2025 yil 235

Xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etish masalalari muhokama etildi

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i huzurida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Unda viloyat ichki ishlar organlarining barcha rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Boshqarma boshlig‘i respubliikada va viloyatda ichki ishlar organlari xodimlari bilan bog‘liq sodir etilgan xizmat intizomi hamda qonunchilikni buzish bilan bog‘liq holatalarga to‘xtalib o‘tib, bu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, hududiy ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama etilib, loqaydlikka yo‘l qo‘ygan rahbar va xodimlar qat’iy ogohlantirildi.


Text to speech