Xizmat intizomiga rioya etish masalalari muhokama qilindi
Xizmat intizomiga rioya etish masalalari muhokama qilindi
Samarqand viloyati IIB boshligʻi o'rinbosari polkovnik Faxriddin Rahmatov tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahrida Kattaqo‘rg‘on shahar hamda Narpay tumani IIBda xizmat qilib kelayotgan xodimlar bilan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag'ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig'ilishga xodimlarning ota-onalari ham ishtirok etishdi.
Tadbir davomida har bir shaxsiy tarkib xodimlari eskicha ishlash tizimidan voz kechishi, xizmat intizomi va qonunchilikka qat`iy rioya etishi, poraxo'rlik va ta'magirlikka qarshi murosasiz bo'lishlari lozimligi xususida so‘z bordi.
Xizmatida yuqori natijalarga erishib kelayotgan bir guruh xodimlar Boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek Ichki ishlar vazirligining amaldagi buyruqlari talablariga so’zsiz rioya etish shartligi taʼkidlanib, bu bo’yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.