19 Aprel 2024 yil 1112

Xodimlar salomatligi yo`lida

Samarqand viloyati IIOlarida haftaning har chorshanba kuni “Salomatlik kuni” deb elon qilingan.

Shu munosabat bilan Samarqand viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi shifokorlari tomonidan Salomatlik patruli brigadalari tashkil etilib, hududlarda xodimlarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishmoqda.

Navbatdagi marshrut Paxtachi tumani IIB bo‘ldi. Shifokorlar tumanga borib, yurak-qon tomir, qandli diabet va boshqa endokrin tizimi kasalliklari bilan kasallangan xodimlarni davolash-sog‘lomlashtirish ishlari olib borildi. 

Xodimlar turli tekshiruvlar, kardiolog, terapevt ko‘riklaridan o‘tkazilib, kasalliklarni oldini olish yuzasida tushunchalar berildi. 

Text to speech