10 Iyul 2025 yil 795

Xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 5-iyul kungi tegishli farmoyishiga asosan ichki ishlar organlari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligi, maxsus vositalar, elektroshoker hamda jangovar oʻqotar quroldan foydalanish va ularni toʻgʻri qoʻllash boʻyicha sayyor oʻquv yigʻinlarini tashkil etish yuzasidan ichki ishlar vazirligining ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, ishchi guruh tomonidan viloyatning tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalari  xodimlari bilan oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilib, xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligi, maxsus vositalar, elektroshoker hamda jangovar oʻqotar quroldan foydalanish va ularni toʻgʻri qoʻllash boʻyicha tavsiya va tushunchalar berilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.


Text to speech