23 Dekabr 2023 yil 529

Xodimlarning farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi

Bolajonlar uchun yangi yil bayrami eng esda qolarli va sarguzashtlarga boy bayram hisoblanadi.

Samarqand viloyati IIBning sohaviy xizmatlari va tarkibiy tuzilmalarida xizmat olib borayotgan xodimlarning farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. 

Qo‘g‘irchoq teatrida bolajonlar uchun ajoyib multfilm namoyish etildi. Uni katta qiziqish va zo‘r hayajon bilan tomosha qilgan bolajonlar o‘z quvonchlarini yashira olmadi. 

Bayram arafasida ular turli sarguzashtlarga boy bo‘lgan teatrlashtirilgan ko‘rinishlarni tomosha qilib, miriqib dam olishadi. Bu ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Text to speech