Xodimlarning xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda
Samarqand viloyati IIB mutaxassis psixologlari tomonidan viloyat IIBning hududiy va tarkibiy bo‘linmalarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlarning xizmat faoliyatini psixologik ta’minlash maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, yosh xodimlar psixodiognostik test sinovlari vositasida o‘rganilib tahlillar asosida, ular bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni belgilashda takliflar ishlab chiqilmoqda.
Ichki ishlar organlarida xizmatning alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda, yosh xodimlar hamda sutkalik xizmatni olib boradigan xodimlar bilan psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Xodimlarda uchraydigan psixologik muammolar toifaga ajratilib, ayrim xodimlar psixolog nazoratiga olinmoqda va ular bilan yakka tartibda psixokorrekesion ishlar amalga oshirilmoqda.