26 May 2025 yil 847

Xodimlarning ijtimoiy muammolari bilan ishlash bo‘yicha manzilli o‘rganishlar olib borilmoqda

2025-yil 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri rahbarligida o‘tkazilgan video-selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar hamda viloyat IIBning tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida, Samarqand viloyati IIBning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari rahbarlari qo‘l ostida xizmat olib borayotgan xodimlarning oilaviy ahvoli va yashash sharoitlarini o‘rganib, ularning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazishmoqda.

Mazkur tadbirlar xodimlarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, ularning turmush tarzini chuqur o‘rganish hamda ichki ishlar organlarida sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.


Text to speech