Hokim yordamchisi pora olgan vaqtida qo‘lga olindi
2023-yil 7-iyun kuni huquqni muxofaza qiluvchi organlarga, fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda Samarqand shahar Shukrona mahallasida maishiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida, “Xalq banki” Samarqand shahar filialidan kredit olmoqchi bo‘lib yurgan vaqtida, Shukrona MFYda hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs uning ishonchiga kirib, bankdagi mansabdor tanishlari orqali 150 million so‘m miqdorida kredit chiqarib berish evaziga 1500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari xamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Samarqand shahar Sayfi Saroy ko‘chasida joylashgan Shukrona MFY binosi yonida hokim yordamchisi ariza muallifidan 1500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati