27 Iyun 2025 yil 528

Xolislik burchida tezkorlik bilan

Hurmatli matbuot va OAV xodimlari!

27 -iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni  nafaqat bayram, balki so‘zga, so‘z orqali xalqqa xizmat qilayotgan fidoyilarga e’zoz ko‘rsatish kunidir.

Matbuot - jamiyat ko‘zgusi. Bu ko‘zguni sof, tiniq, haqqoniy saqlash uchun fidoyilik kerak. Ana shunday halol va sidqidildan xizmat qilayotgan sizni  aziz jurnalistlar, barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini samimiy tabriklayman.

Axborot olamidagi yangiliklarni tezkor, xolis va haqqoniy ravishda jamoatchilikka yetkazish, fuqarolarning axborot olish huquqini ta’minlashda tutgan o‘rningiz beqiyosdir. Sizning  mehnatingiz, halol va fidoiy xizmatingiz jamiyatda ochiqlik, oshkoralik va rivojlanishga xizmat qilmoqda.

Ichki ishlar organlari faoliyatini xalqqa ochiq va oshkora yetkazishdagi samarali hamkorligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusida ham o‘zaro hamkorligimiz yanada mustahkamlanishiga, aholiga sifatli axborot yetkazishda birgalikda ijobiy natijalarga erishishga ishonaman.

Sizlarga mustahkam salomatlik, oilaviy baxt, faoliyatingizda muvaffaqiyatlar va ijodiy parvoz tilayman. Qalamingiz  har doim adolat sari xizmat qilsin! 

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik

Rahmat Mamatov


Text to speech