26 Sentyabr 2023 yil 4060

Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi futbol boʻyicha viloyatda birinchi

Ayni kunlarda “Dinamo” JTSJ Samarqand viloyati Kengashining kalendar rejasiga asosan viloyat huquq-tartibot organlari xodimlari va harbiy xizmatchilari oʻrtasida sportning futbol turi boʻyicha Dinamo kubogi uchun birinchilik musobaqasiga start berildi. 

Musobaqada 200 ga yaqin xodim va harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻlgan oʻyinlar yakuniga koʻra 3-oʻrin viloyat IIB JXX Patrul-post xizmati, 2-oʻrin DXX viloyat boshqarmasiga nasib etgan boʻlsa, turnir gʻolibligi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoasiga nasib etdi. 

Gʻoliblar diplom va  qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.


Text to speech