25 Iyul 2025 yil 2071

Ichki ishlar tizimi xodimlari bilan ochiq muloqot: muammolar tinglandi, amaliy yechimlar belgilandi

Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limida Boshqarma boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Paxtachi, Narpay, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on tumani va Kattaqo‘rg‘on shahar IIBlarida   xizmat qilayotgan xodimlarning shaxsiy, ijtimoiy va xizmatni o‘tash bilan bog‘liq muammolarini o‘rganish yuzasidan qabul o‘tkazildi.

Unda xodimlarning  shaxsiy, ijtimoiy va xizmat faoliyati bilan bog‘liq muammolari bilan yaqindan tanishdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan qabulda har bir xodimning murojaati individual tarzda ko‘rib chiqildi. Muloqot davomida xodimlar nafaqat xizmat sharoitlari, balki oilaviy masalalar, uy-joy, sog‘liq, xizmatdagi adolatga oid masalalarni ham ochiq bayon qilishdi.

Polkovnik Rahmat Mamatov har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi. Ayrim masalalar esa chuqur o‘rganilishi va tegishli xizmat tekshiruvlari asosida hal qilinishi uchun nazoratga olindi.

Tadbir davomida aniqlangan ayrim ijtimoiy va tashkiliy muammolar bo‘yicha tizimli yondashuv asosida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi, xodimlarga munosib sharoit yaratish, ularning mehnatini qadrlash va ijtimoiy himoyasini mustahkamlash bo‘yicha alohida topshiriqlar belgilandi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati


Text to speech