3 Oktyabr 2023 yil 4260

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov rahbarligidagi ishchi guruhi Samarqandda o‘rganishlar olib bormoqda

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov rahbarligidagi ishchi guruhi Samarqandda o‘rganishlar olib bormoqda.

Maqsad, farovonlik mezonlarini yaratish, aholining bugunidan roziligini ta’minlash.

Ishchi guruhi Oqdaryo tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, kriminogen vaziyat, “qizil toifa”da bo‘lgan mahallalarni “yashil toifa”ga o‘tkazish, jamoat joylariga kuzatuv kameralarini o‘rnatish, va manzilli ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qilingan ishlar bilan tanishib, bu boradagi jarayonlarni “Kumushkent” mahallasi misolida ko‘rishdi.

Tumanning “Loyish” mahallasida aholi tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, nizoli oilalar, probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan ishlash borasida mutasaddilarning faoliyati ham o‘rganildi.

Shundan so‘ng, Ishtixon tumaning “qizil toifa”da bo‘lgan mahallalarda bo‘lib jinoyatchilikni jilovlash borasidagi ishlar yuzasidan “mahalla beshlik”larining hisobotlari tinglandi. Bundan tashqari, tuman IIBda tergov-tezkor guruhiga xizmat oldi yo‘riqnomasini o‘tib, navbatchilik qismidagi hujjatlar ko‘zdan kechirilib, xodimlarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Hududda kriminogen vaziyat barqarorligini saqlash, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, fuqarolarning ish bilan bandligi va boshqa masalalar bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tavsiyalar berildi.

Ishchi guruhi o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech