Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxammedov raisligida xizmat intizomi va qonunchilikka amal qilish masalalari muhokama qilindi.
Viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, tuman,
shahar IIB boshliqlari va shaxsiy tarkib ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda har
bir xodim bugun xalqni rozi qilishi, o‘z xizmat vazifasiga sidqidildan yondoshishi,
qonunchilikka qat’iy amal etishi borasida zaruriy tavsiyalar berildi. Sohadagi yangilik va o‘zgarishlar xususida ham
ma’lumotlar berilib, korrupsiya va ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, uning oldini olishda
har bir xodim mas’ul ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, sohadagi ustuvor vazifalar
ham belgilab olindi.
Muhokamaviy yig‘ilish so‘ngida tashkiliy masala ham ko‘rildi. Viloyat IIB boshlig‘ining
o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i
lavozimiga tayinlangan podpolkovnik Umid Utaev shaxsiy tarkibga tanishtirildi. Ushbu
lavozimda xizmat qilgan polkovnik Faxriddin Rahmatov boshqa ishga o‘tganligi munosabati
bilan lavozimidan ozod qilindi.