Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarning arizalarini qabul qilish boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabr kunidagi 958-sonli
Qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarning arizalarini
qabul qilish boshlandi.
Akademiyaga o‘qishga kirish uchun nomzodlarning arizalarini qabul qilish
jarayoni 2024-yil 15-fevral kuniga qadar
davom etadi.
Akademiyaga yoshi yigirma beshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan, yigirma
besh yoshdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ma’lumotga ega bo‘lgan
quyidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi:
-O‘zbekiston Respublikasi IIVning idoraviy akademik litseylari
va harbiy akademik litseylar bitiruvchilari;
-ichki ishlar organlari xodimlari, shuningdek, profilaktika
(katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari;
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021-yil 29-noyabr kunidagi PF-27-son Farmoniga asosan fuqarolik
ta’lim muassasalari bitiruvchilari qabul kvotasining o‘n foizi bo‘yicha qabul
qilinadi.