25 Yanvar 2024 yil 1265

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmat boshlig‘i, polkovnik Baxtiyor Berdialiyev Samarqand viloyatidagi o‘rganishlari doirasida Omonboy ko‘prik mahallasiga tashrif buyurdi

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmat boshlig‘i, polkovnik Baxtiyor Berdialiyev Samarqand viloyatidagi o‘rganishlari doirasida Omonboy ko‘prik mahallasiga tashrif buyurdi.

Polkovnik Baxtiyor Berdialiyev tuman hokimi Jamshid Nasriddinov va sektor  rahbarlari ishtirokida  mahallalarga borib, mahalla yettiligi bilan suhbatlashdi. Suhbat jarayonida mahallada sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilindi.

Jumladan voyaga yetmaganlar va yoshlar ishtirokidagi jinoyatlarni oldini olish, mazkur yo‘nalishda joriy yilda amalga oshiriladigan manzilli chora-tadbirlar, ayollar jinoyatchiligi va ajrimlarni oldini olish bo‘yicha qilinadigan ishlar ko‘rib chiqildi.

Text to speech