Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyi 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘quvchlarni o‘qishga taklif etadi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni nazarda tutgan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari talablariga muvofiq o‘quvchlarini chuqurlashtirilgan va kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, intellektual rivojlanishni ta’minlash hamda yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyi 2024/2025 o‘quv yili uchun o‘quvchlarni o‘qishga taklif etadi. Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyiga o‘qishga kirish istagini bildirgan Samarqand viloyati hududida yashovchi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun arizalar 2024-yil 1-fevral kunidan 15-aprel kuniga qadar qabul qilinadi.
Akademik litseyga qabul bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
1. Dastlabki tanlov (yakka tartibdagi dastlabki suxbat, individual psixologik xususiyatlarni o‘rganish, harbiy tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tish);
2. Maxsus-professional tanlov (yozma ish (diktant), jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov, yakka tartibdagi yakuniy suxbat);
3. Test sinovi;
Akademik litseyda o‘qish muddati 2 yil.
Ta’lim yo‘nalishi: Ijtimoiy-gumanitar fanlar-4.
O‘qishga kirish istagini bildirgan o‘quvchlar (nomzodlar) qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
1. Ariza (Belgilangan shakldagi)
2. Tuғilganlik haqida guvohnoma (asli va nusxasi) (dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan yoki tuғilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yohud familiya, ism, otasining ismi va boshqa ma’lumotlar o‘zgartirilgan bo‘lsa bu haqida FHDYO organlarining ma’lumotnomasi).
3. Yaqin qarindoshlarining pasporti, tuғilganlik haqida guvohnomasi, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, nikohdan ajralganligi haqidagi guvohnomasi, vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘lim haqidagi guvohnomasi (asli va nusxalari).
4. 3x4 sm o‘lchamdagi 6 dona fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9x12 sm o‘lchamdagi 2 dona fotosurat (bosh kiyimsiz)
5. Tarjimai hol.
6. So‘rovnoma (Belgilangan shakldagi)
7. O‘qish joyi va mahalla fuqorolar yiғinidan tavsifnoma.
8. Mudofaa ishlari bo‘limlaridan ro‘yxatda turushi to‘g`risidagi ma’lumotnomaning asli va nusxasi.
9. Fanlarni o‘zlashtirishi to‘g`risida o‘qish joyidan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma.
10. Ota-onasining Ichki ishlar vazirligining akademik litseyga o‘qishga kirishiga rozilik xati (Belgilangan shaklda)
Manzilimiz: Samarqand shahar Maroqand ko‘chasi 46-uy (Mo‘ljal Karasinka magazin)
Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litsey qabul komissiyasi