4 Fevral 2022 yil 591

Ichki ishlar vaziri Samarqanddagi koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyati zaif boʻlgan bolalar maktab-internatlari faoliyati bilan tanishdi

Respublikamizda koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyati zaif boʻlgan bolalar maktab-internatlariga yaqindan yordam berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida ishchi guruhi tuzilib, bu borada muayyan ishlar boshlab yuborilgan.

4-yanvar kuni Ichki ishlar vaziri general-leytenant P.R.Bobojonov Samarqand shahridagi Charmgari MFYda joylashgan 59-son “Koʻzi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati” faoliyati bilan tanishib, u yerda oʻquvchi va oʻqituvchilarga yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Pedagoglar bilan suhbat qilinib, ularning muammolari tingladi. Bildirilgan taklif va muammolarni hal etish boʻyicha masʼullarga vazifalar qoʻydi.

Ichki ishlar vaziri shuningdek, Samarqand shahridagi Amir Shohmurod koʻchasida joylashgan 60-son “Zaif koʻruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati” da ham boʻldi.

Maktabda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirish davomida u yerda taʼlim olayotgan koʻzi zaif koʻruvchi bolalar kutubxonasi uchun maxsus darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari, badiiy kitoblar jamlanmalari bilan toʻldirish lozimligi boʻyicha vazifalar qoʻydi.

Yurtimizda koʻzi ojiz va koʻrish qobiliyati zaif boʻlgan bolalar maktab-internatlariga yaqindan yordam berishga ham dolzarb masala sifatida qaralib, bu borada ularga yaqindan koʻmak berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech