5 Yanvar 2023 yil 526

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Pastdargʻom tumanida oʻrganishlar olib bordi

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov joriy yilning 5-yanvar kuni Samarqand viloyatining Pastdargʻom tumanida ijtimoiy-siyosiy vaziyatni oʻrgandi.

Jumladan, Pastargʻom tumani 4 ta sektor rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazilib, tuman ishchi guruhi faoliyati oʻrganildi hamda tumandagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan taʼminlash borasidagi masalalar muhokama qilinib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Vazir oʻrinbosari tuman IIBga kelib shaxsiy tarkib bilan suhbatlashib, hududdagi kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlash borasida yoʻriqnoma oʻtkazib, Pastargʻom tuman IIB maʼmuriy binosini koʻzdan kechirib, tegishli koʻrsatmalar berib oʻtdi.
Shundan soʻng, kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha tuman xokimligiga tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyati bilan tanishib, axolini gaz, elektr va suv taʼminoti borasida mavjud muammolar va ularni bartaraf eitsh yuzasidan tegishli korxona xodimlariga koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, tumanning “Toʻxboy” mahallasida joylashgan aholining gaz balonlariga suyultirilgan gaz yoqilgʻisini quyish shahobchasiga borib, u yerda aholiga xizmat koʻrsatish ahvolini oʻrgandi.

Shu bilan birga tuman markaziy shifoxonasi hamda tumandagi 19-sonli maktabgacha taʼlim muassasasiga tashrif buyurib, muassasalarning isitish tizimi va yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrgandi.

Oʻrganishlar davomida vazir oʻrinbosari tumanidagi oziq-ovqat savdo bozoriga borib narh-navolar bilan yaqindan tanishdi hamda aniqlangan kamchiliqlar boʻyicha tuman sektor rahbarlariga alohida topshiriqlarni berildi.

Shundan soʻng, “Galatut” maxallasiga borilib, mahalla fuqarolari, mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetkachisi, hokim yordamchisi va profilaktika inspektorlari bilan aholining muammolari yuzasidan suhbat oʻtkazib, mahallada yashovchi ijtimoiy koʻmakka muxtoj oilalar holidan xabar olindi.

Mazkur yoʻnalishdagi ishlar davom ettirilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech