Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Samarqand viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi
Joriy yilning 28-sentyabr kuni Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Samarqand viloyatiga keldi.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari IIB Transportda XTBda boʻlib, boshqarma navbatchilik qismining tezkor kriminogen vaziyatni nazorat qilish, tergov-tezkor guruhidagi xodimlarning hushyorligi, bilim saviyasi, jangovorlik holati bilan tanishdi.
Boshqarma binosida xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, yangi qurilayotgan navbatchilik qismi binosining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.
HPB va PPX xodimlarining Samarqand temir yoʻl vokzalida yoʻlovchilar transport harakat xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlari bilan ham tanishdi.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati