Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Urgut hamda Toyloq tumanlarida oʻrganishlar olib bordi
Kecha Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov Samarqand viloyatining Jomboy hamda Bulungʻur tumanlarida boʻlib, 4 ta sektor rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, tumanlarda faoliyati yoʻlga qoʻyilgan ishchi guruhlarning ish tartibi oʻrganganligi hududlardagi 3-sektor hududida yashovchi kam taʼminlangan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turuvchi shaxslarning xonadonlariga borib, zaruriy yordamlar koʻrsatgani haqida habar bergan edik.
Bugun shu oʻrganishlar davomi Urgut hamda Toyloq tumanlarida olib borildi. Mutasaddilarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholini muammolari bilan manzilli ishlash borasida koʻrsatmalar berildi.
Vazir oʻrinbosari Toyloq tuman IIBga kelib shaxsiy tarkib bilan suhbatlashib, hududdagi ijtimoiy-siyosiy va kriminogen vaziyat barqarorlagini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, tergov va sud olrganlaridan yashirinib yurgan qidiruvdagi shaxslarni ushlash, sodir etilib ochilmasdan qolgan jinoyatlarni fosh etish hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlash borasida yoʻriqnoma oʻtkazdi. Toyloq tuman markaziy shifoxonasi hamda tumandagi 10-sonli maktabgacha taʼlim muassasasiga tashrif buyurib, muassasaning isitish tizimi va yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrgandi.
Tumanlarda tashkil etilgan savdo yarmarkalariga tashrif buyurib, oziq-ovqat narxlari bilan tanishib chiqdi. Ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar holidan xabar olindi.
Shuningdek, tumanlarning suyultirilgan gaz bilan taʼminlash markaziga borilib, ayni paytdagi aholiga tabiiy gaz yetib bormagan hududlardagi suyultirilgan gaz taʼminoti ahvoli va gaz balonlarining xavfsizlik nuqtai nazaridan texnik sozligi tekshirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun aniq koʻrsatmalar berildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati