3 Yanvar 2023 yil 517

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Bulungʻur hamda Jomboy tumanlarida oʻrganishlar olib bordi

Respublikamiz hududida xavo harorati keskin pasayib ketishi sababli, aholidan kelib tushgan murojaat va muammolarni bartaraf qilish maqsadida ishchi guruhlar tashkil etilgan boʻlib ular tunu-kun aholiga xizmat qilishmoqda.

Joriy yilning 03-yanvar kuni Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov Samarqand viloyatining Jomboy hamda Bulungʻur tumanlarida boʻldi.

Oʻrganishlar davomida tumanlardagi 4 ta sektor rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, tumanlardja faoliyati yoʻlga qoʻyilgan ishchi guruhlarning ish tartibi oʻrganildi.

Bundan tashqari, ushbu tumanlardagi 3-sektor hududida yashovchi kam taʼminlangan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turuvchi shaxslarning xonadonlariga borilib, zaruriy yordamlar koʻrsatildi.

Bozorlardagi narx-navoning barqarorligi tekshirildi.

Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech