9 Yanvar 2023 yil 597

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Kattaqoʻrgʻon shahrida oʻrganishlar olib bordi

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov joriy yilning 9-yanvar kuni Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida ijtimoiy-siyosiy vaziyatni oʻrgandi. Jumladan, tumanning 4 ta sektor rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazilib, tuman ishchi guruhi faoliyati oʻrganildi hamda tumandagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan taʼminlash borasidagi masalalar muhokama qilinib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Vazir oʻrinbosari shahar IIBga kelib shaxsiy tarkib bilan suhbatlashib, hududdagi kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlash borasida yoʻriqnoma oʻtkazib, IIB maʼmuriy binosini koʻzdan kechirib, tegishli koʻrsatmalar berib oʻtdi.

Shundan soʻng, kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha shahar hokimligiga tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyati bilan tanishib, axolini gaz, elektr va suv taʼminoti borasida mavjud muammolar va ularni bartaraf eitsh yuzasidan tegishli korxona xodimlariga koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, “A.Temur” MFY hududida joylashgan 17-sonli IDUMga borib, maktabda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Shu bilan birga tuman Kattaqoʻrgʻon shahar tibbiyot birlashmasi shifoxonasining “Bolalar boʻlimi”ga tashrif buyurib, shifoxonadagi bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi.

Oʻrganishlar davomida vazir oʻrinbosari Qushxavuz” mahallasi A.Navoiy koʻchasida joylashgan “Jaxongir ideal savdo invest” oilaviy korxonasiga borib, tadbirkorning muammolarini oʻrgandi.

Mazkur yoʻnalishdagi ishlar davom ettirilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech