10 Avgust 2023 yil 959

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov Toyloq hamda Urgut tumanlaridagi “qizil toifada”gi mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov Toyloq hamda Urgut tumanlaridagi “qizil toifada”gi mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi.

Vazir o‘rinbosari dastlab, Toyloq tumanining qizil toifadagi hududi hisoblangan “Bog‘i chinor” mahallasida mahalla “beshiligi”, faollari bilan uchrashib, “Ijtimoiy profilaktika” bo‘yicha mahalla beshligining kunlik faoliyatiga yangicha ishlash tizimi joriy etilganlik 
samaradorligini o‘rgandi. Mahalla “beshligi” zimmasidagi vazifalar tushuntirilib, hududlarda fuqarolar bilan manzilli ishlarni muntazam olib borish lozimligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, tumandagi “Bahmal to‘qimachilik” va disk ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, aholini ish bilan ta’minlash, korxonada yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

Keyingi manzil, Urgut tumanining “Chor chinor” me’moriy majmuasi bo‘ldi. Vazir o‘rinbosari majmuada obodonlashtirish va chet el fuqarolariga hamda ziyoratchilarga shart-sharoitlar yaratilganligi o‘rganildi.

Bundan tashqari, “Mergancha” MFYda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahalla beshligi tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlari bilan tanishib, hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni mas’ullarga belgilab berdi.

Urgut tumani IIB vazir o‘rinbosarining keyingi manzili bo‘ldi. Bu yerda xodimlarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirilib, voleybol bo‘yicha IIV kubogi musobaqasi sovrindorlarini taqdirlash 
marosimi o‘tkazildi.

Tashrif so‘ngida tumandagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlanganligi holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davom etmoqda.

Text to speech