19 Iyun 2025 yil 642

Qidiruvdagi jinoyatchilar qo‘lga olindi

Olib borilgan qidiruv tadbiri davomida, Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi, “b” bandi bilan ayblanib, qidirilayotgan Samarqand shahrida yashovchi, 1947-y.t. shaxs Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan Samarqand shahar hududidan ushlanib, Vaqtincha saqlash xibsxonasiga topshirildi.

Shuningdek, olib borilgan qidiruv tadbiri davomida, Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi, “b” bandi bilan ayblanib, qidirilayotgan Samarqand shahrida yashovchi, 1988-y.t. shaxs Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan Samarqand shahar hududidan ushlanib, Vaqtincha saqlash xibsxonasiga topshirildi.


Text to speech