Qidiruvdagi jinoyatchilar qo‘lga olindi
Olib borilgan qidiruv tadbiri davomida, Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblanib, qidirilayotgan Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1989-y.t. shaxs viloyat IIB Patrul-post xizmati batloni xodimlari tomonidan Samarqand shahar hududidan ushlanib, Vaqtincha saqlash xibsxonasiga topshirildi.
Shuningdek, olib borilgan qidiruv tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi, 1-qismi bilan ayblanib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudi tomonidan qidiruv e’lon qilingan, Nurobod tumanida yashovchi, 1994-y.t. shaxs viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan Samarqand shahar hududidan ushlanib, Vaqtincha saqlash xibsxonasiga topshirildi.
Shuningdek, olib borilgan qidiruv tadbiri davomida, Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, qidirilayotgan Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1987-y.t. shaxs Urgut tuman IIB xodimlari tomonidan Pastdarg‘om tumani hududidan ushlanib, Vaqtincha saqlash xibsxonasiga topshirildi.