24 Fevral 2024 yil
1709
IIB boshligi va iqtidorli yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida tashkil etilgan uchrashuvga tuman IIB boshlig‘i A.A.Rahmatov hamda o‘qish va ish faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, o‘zining yuksak bilimi va salohiyati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol yoshlar taklif qilindi.
Tuman IIB boshlig‘i iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida to‘xtaldi. IT sohasi yosh iqtidor egalarini kashf etishda muhim omil ekanligini ta’kidladi. Ehtiyojmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda yoshlar kelgusida yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish borasida bir qator yangi tashabbuslarni ilgari surdi.