29 Yanvar 2024 yil 509

IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Umid Utayev ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari bilan muhokamaviy yig‘ilish o‘tkazdi

Samarqand viloyati IIB majlislar zalida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Umid Utayev tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari, shahar-tuman IIB boshliqlarining o‘rinbosarlari bilan muhokamaviy yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda sohaning har bir xodimi vatanga va yurtga sadoqat bilan xizmat qilishi, xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilishi, korrupsiyaning  oldini olish, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, belgilangan tartib va me’yorlarni buzmaslik to‘g‘risida ham fikrlar bildirildi.

Sohadagi  dolzarb masalalar, yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi. 

Shuningdek, xodimlar oldida turgan burch va majburiyatlar, ularning o‘z xizmatiga vijdonan yondashishlari lozimligi ta’kidlandi.

Text to speech