IIB boshlig‘ining o‘rinbosari U.Utayev Urgut tumanida bo‘ldi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik U.Utayev Urgut tumani IIBga tashrif buyurib, boshqarma faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida boshqarma rahbariyati hamda sohaviy xizmatlari rahbarlari bilan uchrashib, tegishli ko‘rsatmalar berdi.
IIBda tashkil etilgan kutubxona faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tuman IIB huzuridagi faxriylar kengashi a’zolari bilan suhbatlashilib, xodimlarni ustoz-shogird an’analariga muvofiq tarbiyalash borasida fiklar almashildi.
Shundan so‘ng, profilaktika inspektorlarining yordamchilari bilan yig‘ilish o‘tkazib, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish hamda profilaktika inspektorilari bilan xizmatni tashkil etishlari yuzasidan ko‘rsatmalar berib, Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz ekanligini yana bir-bor ta’kidladi.
O‘rganishlar boshqa hududlarda davom etmoqda.