12 Yanvar 2024 yil 1431

IIB jamoasi "Zakovat" da birinchi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Samarqand viloyatidagi Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari hamda huquqni muhofaza qilish organlari jamoalari o`rtasida "Zakovat" intellektual bellashuvi o`tkazildi.

Keskin va murosasiz kechgan bilim bahsida faxrli 3-o`rinni Bojxona boshqarmasi, 2-o`rinni Markaziy harbiy okrug jamoalari qo`lga kiritgan bo`lsa, tanlovning mutloq g`olibligi Samarqand viloyati IIB jamoasiga nasib etdi.

G`oliblar diplom hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.

Text to speech