IIV ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyati IIB hududiy boʻlinmalarining jangovar shayligi, xodimlarning xizmat, jangovar hamda jismoniy tayyorgarlik darajasi oʻrganilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 6-sentyabr kunidagi “IIV hududiy boʻlinmalarining jangovar shayligi, xodimlarning xizmat, jangovar hamda jismoniy tayyorgarlik darajasini oʻrganish toʻgʻrisida”gi 186-sonli Farmoyishi talablari asosida tuzilgan ishchi guruh aʼzolari tomonidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hududiy boʻlinmalarining jangovar shayligi, shaxsiy tarkibning maxsus-taktik va saf tayyorgarligi, shuningdek maxsus vositalar va oʻq otar qurollardan foydalanish koʻnikmalarini oʻrganilmoqda.
O'rganish davomida ichki ishlar organlarining jangovar shayligini oshirish, xodimlar o'rtasida o'tkazilayotgan xizmat, jangovar hamda jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish borasida metodik qo'llanmalar berilib, mazkur sohaga aloqador mas'ul rahbar va xodimlarga amaliy yordamlar ko'rsatilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati