1 Mart 2024 yil 1146

IIV Samarqand Akademik litseyi o‘quvchilari bilan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazildi

Yurtimizda 2024 yilni “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi o‘sib kelayotgan yosh avlodni chuqur bilim olishi, bor imkoniyatlardan foydalanishi, namunali ta’lim va tarbiya olishi, bir so‘z bilan aytganda ularni vatanparvar inson sifatida tarbiyalanishida muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov huzuridagi 2024-yil 19-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi talablari asosida IIV Samarqand Akademik litseyi bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan ham dastur-reja ishlab chiqilgan bo‘lib, viloyat ta’lim dargohlarida ilm sirlarini o‘rganayotgan yoshlarni vatanga muhabbat va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Uchrashuvda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Umid Utaev yoshlarning orzu-umidlari, maqsad va istaklarini tingladi. Ularning kelgusidagi rejalari bilan qiziqib, o‘zining qimmatli maslahatlarini berdi.

Shundan so‘ng o‘quvchilar uchun viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan malakali xodimlar ishtirokida o‘quv-taktik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Unda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert kriminalistika markazi xodimlari tomonidan jinoyatlarning issiq izidan ochilishida kerak bo‘ladigan maxsus detallar va vositalari namoyish etildi.

So‘ngra viloyat Ichki ishlar boshqarmasining maxsus bo‘linmalariga qarashli jangovor texnikalar va qurol-yarog‘larni o‘quvchilar katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.

Bu kabi tadbirlar Samarqand viloyatining barcha shahar-tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.

 

Text to speech