23 May 2025 yil 1317

IIV Samarqand Akademik litseyida davra suhbati tashkil etildi

Viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati hamda Tibbiyot bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan IIV Samarqand Akademik litseyi o‘quvchi qizlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Unda, o‘quvchi qizlarni kasbga yo‘naltirish hamda o‘smir qizlarning reproduktiv salomatligi mavzularida keng qamrovli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.



Text to speech