27 Noyabr 2021 yil 604

IIV Samarqand akademik litsey oʼquvchilari uchun Samarqand shahar IIO FMBda “Ochiq eshiklar” kuni oʼtkazildiIIV Samarqand akademik litsey oʼquvchilari uchun Samarqand shahar IIO FMBda “Ochiq eshiklar” kuni oʼtkazildi

Joriy yilning 26 noyabrь kuni Samarqand shahar IIO FMB bilan hamkorlikda akademik litsey oʼquvchilarida Vatanga sadoqat, burchga masʼuliyat, kasbiy bilim va koʼnikmalarini oshirish, IIOlariga xos boʼlgan dastlabki bilimlarini yanada shakllantirish, bugungi kun ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Samarqand shahar IIO FMBga sayohat tashkillashtirildi. 

Mazkur sayohat doirasida oʼquvchi yoshlar ichki ishlar organlarida ishlayotgan xodimlarga qoʼyilgan talablar, yaratilgan ish sharoitlari va imkoniyatlari bilan tanishishdi.

Dastlab oʼquvchilar boshqarmaning Vatanparvarlik burchagidan joy olgan IIO xodimlarining erishilgan yutuqlaridan namunalar, boshqarmada raxbar lavozimida faoliyat yuritgan hamda oʼz faoliyatida yuqori natijalarga erishgan xodimlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bugungi kun zamonaviy ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy malakalari, tergov xonasi, saf mashgʼulotlari oʼtkazish joyi, sport mashgʼulotlarini oʼtkazish joyi, ilmiy va badiiy ijodiy saloxiyatini oshirish uchun kutubxona, shaxmat xonasi hamda yigʼilishlar zali bilan yaqindan tanishdilar. 

Shuningdek sayohat dasturida oʼquvchilar tomonidan boshqarmaning kadrlar bilan ishlash boʼlimi xodimlari ishtirokida ichki ishlar akademiyasiga oʼqishga kirish va ichki ishlar organlariga ishga kirishda qoʼyiladigan talablar, sport yutuqlariga erishgan akademik litsey oʼquvchilari uchun yaratilgan imtiyozlar borligi, ajratilgan qabul kvotalar kabi savol-javob tariqasida davra suhbati ham tashkil etildi.

Davra suhbati davomida oʼquvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar olindi.

IIV Samarqand akademik litseyi

Text to speech