IIV Samarqand akademik litseyida “Korrupsiya jirkanch illat” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
Joriy yilning 07-dekabr kuni akademik litseyda “Korrupsiya jirkanch illat” korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati tadbiri oʻtkazildi.
Davra suhbatida IIV malaka oshirish institutining birinchi oʻrinbosari polkovnik U.E.Rasulov, Samarqand viloyat IIB JQB boshqarma boshligʻi oʻrinbosari podpolkovnik Sh.M.Raximov, akademik litseyning oʻqituvchi – xodimlari hamda oʻquvchilari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida soʻzga chiqqan IIV malaka oshirish instituti birinchi oʻrinbosari U.E.Rasulov, korrupsiyani bejizga taraqqiyot kushandasi deb atamasligini, turli sohalardagi rivojlanish istiqbollariga taʼmagirlik yoʻli bilan toʻsiq qoʻyilishi, oʻzaro tarafkashlik, bilimsizlik va kelishmovchiliklarning paydo boʻlishiga olib kelishi haqida tushunchalarini berib oʻtdi. Aynan bu illatning taʼlim tizimida, inson salomatligi va hayoti bilan bogʻliq tibbiyot, yuridik sohalarda avj olishi chinakam fojea ekanlgi, bu oʻrinda malakasizlik va bilimsizlik bilan qilingan muolajalarda bemorning erta hayotdan koʻz yumishi, fuqarolarning huquqlari poymol boʻlishiga olib kelishi mumkinligi haqida hayotiy misollar bilan tushuntirib oʻtdi.
Shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashishda mavjud huquqiy normalar, jamoatchilikning ahamiyati, yoshlarning roli mavzularida soʻz yuritdilar.
Davra suhbatida oʻqituvchi va oʻquvchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
IIV Samarqand akademik litseyi