26 Noyabr 2021 yil 636

IIV Samarqand akademik litseyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” kitobining taqdimotiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Joriy yilning 26-noyabr kuni akademik litseyida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Mazkur kitob taqdimoti tadbirida akademik litseyning 2 va 3-bosqich oʻquvchilari hamda oʻqituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirni ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Boynazarov Joʻrabek ochib, Yangi Oʻzbekistonda demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohatlar xususida tuxtalib, “Yangi Oʻzbekiston” degan tushuncha real voqiylikka aylanib ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tashabbuskori, ularning islohatchisi mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ekanligini aytib oʻtdi.

Kitob taqdimot tadbirida ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi Jabborov Alimardon soʻzga chiqib, davlatimiz rahbarining bugungi kunda va yaqin besh yilda davlatimizda siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-marifiy sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohatlar “Yangi Oʻzbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirga davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan gʻoyaviy-maʼnaviy asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng koʻlamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir”.

Shuningdek davlatimiz rahbari Yangi Oʻzbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yoʻnalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida tadbir ishtirokchilariga tushunchalar berdi.

Tadbirda oʻquvchilar tomonidan qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berilib, mazkur kitob akademik litseyning kutubxonasiga yetarlicha keltirilgan boʻlib, kitob bilan yanada yaqinroq tanishish maqsadida oʻqituvchi va oʻquvchilarning litsey axborot resurs markaziga murojaat qilinishi tavsiya etildi.

IIV Samarqand akademik litseyi

Text to speech