27 Fevral 2024 yil 1653

IIV JXD JTSX boshlig‘i polkovnik Sh.Sh.Ibragimov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatida o‘rganishlar olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i polkovnik Sh.Sh.Ibragimov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni birma-bir tahlil qilish maqsadida dastlab viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati sohaviy boshqarmalari xodimlari bilan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Unda polkovnik Sh.Sh.Ibragimov xodimlarga xizmat davomida e’tibor qilinishi lozim bo‘lgan jihatlar, jamoat tartibini saqlashda xalqaro tajriba va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish lozimligini urg‘uladi. Aholi gavjum maskanlarni kameralashtirish, 24 soat davomida kuzatuvni tashkil etish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bundan tashqari, viloyat IIB JXX JTSB Maxsus muassasalar faoliyati o‘rganilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, xodimlarga xizmat intizomi hamda qonunchilikka qat’iy amal qilish, fuqarolar huquqlarini ishonchli himoya qilish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

 

 

Text to speech