Ikki yigit begona ayolni uyiga kirishdi. Ayol IIB xodimlaridan yordam so‘radi. Huquqbuzarlarni ushlash vaqtida ular xodimlarga bo‘ysunmay janjal ko‘tarishdi.
Joriy yilning 07 iyun kuni tungi xizmatga jalb qilingan, Kattaqo‘rg‘on shahar IIB xodimlari shaharning Gʻaribmasjid MFY hududida xizmat olib borayotgan vaqtida, shu yerda yashovchi N.R. ismli ayol 2 nafar notanish shaxslar yashash xonadoniga kirganligini ma’lum qilgan.
Shundan so‘ng, profilaktika inspektorlari M.Radjabov va D.Ismoilovlar ushbu shaxslarni ushlamoqchi bo‘lishganida ular xodimlardan qochishga urinib, faol qarshilik qilib, xodimlarini qonuniy talabini bajarmasdan janjal ko‘tarishgan.
Profilaktika inspektorlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida fuqarolar ushlanib, IIBga olib kelinib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 45-moddasi, 183-modda, 194-modda 1-qismi va 195-moddalariga asosan xujjatlar rasmiylashtirilib, JIB Kattaqo‘rg‘on shahar sudiga yuborildi.