Ishtixon tumanida “Bilimlar kuni” tadbirlarini xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazildi
Ishtixon tumanida “Bilimlar kuni” tadbirlarini munosib o‘tkazish maqsadida xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.
Unda tuman hokimligi mas’ullari, Ichki ishlar bo‘limi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.
Yo‘riqnomada asosiy e’tibor ta’lim muassasalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun munosib bayramona muhit yaratish masalasiga qaratildi.
Shuningdek, tadbir davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, o‘quvchi va o‘qituvchilarning harakatida ko‘mak berish, jamoat tartibini mustahkamlash hamda ehtimoliy favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Ta’kidlanishicha, barcha mas’ul tuzilmalar “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini yuqori saviyada va tartibli tashkil etish maqsadida o‘zaro hamkorlikda ish olib boradilar.