23 Avgust 2021 yil 525

Ishtixon tumani IIB da xodimlar uchun arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi tashkil etildi

Samarqand viloyati Ichki ishlar organlarida xodimlarni kitobxonlikka chorlash, ularning kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish va shu orqali maʼnaviy dunyosini boyitish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Ishtixon tumani IIB da ichki ishlar organlari xodimlari uchun arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Yarmarka doirasida taqdim etilgan bir qator adabiyotlar, jumladan buyuk bobokalonimiz Amir Temur haqida, shuningdek, taniqli adiblarimiz Abdulla Qodiriy, Oʻtkir Hoshimov, Tohir Malik, Xudoyberdi Toʻxtaboyevning bir qator asarlari va boshqa adabiyotlar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.

Tadbirlar boshqa hududlarda davom etmoqda.

Text to speech