9 Oktyabr 2024 yil 2235

Hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Toyloq va Bulung‘ur tumanlari IIBda joriy yil 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklari, shuningdek jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurash hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan Samarqand viloyati IIB boshlig‘i orinbosari Xondamir Umarov tomonidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida, tumanlarda joriy yilning 9 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan masullarning axboroti tinglandi. 

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tumanlarning ayrim hududlaridagi jinoyatlarning oshganligi, ularning o‘z vaqtida oldi olinmaganligi tanqid ostiga olindi.

Yig‘ilish so‘ngida xizmatida ijobiy natijalarga erishgan xodimlarga tashakkurnomalar va navbatdagi maxsus unvonlar topshirildi.

Text to speech