24 Iyun 2025 yil
527
Issiqxonada 221 tup giyohvandlik o‘simligini yetishtirib kelayotgan shaxs qo‘lga olindi
2025-yil 23-iyun kuni Samarqand viloyati IIB TQX JQB “Gihyovandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish” bo‘limi hamda Payariq tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus-profilaktik tadbir davomida Jomboy tumanida ro‘yxatda turib, vaqtincha Payariq tumani Polvonariq mahallasida yashovchi fuqaroning hovlisida joylashgan issiqxonada 221 tup giyohvandlik o‘simligi yetishtirib kelinayotganligi aniqlandi.
Ushbu issiqxonaning ichki qismi ko‘zdan kechirilganda u yerda og‘irligi 1 kg bo‘lgan quritilgan holdagi giyohvandlik moddasi ham saqlab kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi va u tegishli tartibda hujjatlashtirilib olindi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.